Dialog
Qozi uyga kelib, xotinini chaqiribdi.
Qozi:
Hoy, xotin, bugun bilasanmi menga nima bo'ldi?
Xotini:
Ha, nima bo'ldi?
Qozi:
Bozorda bir it meni qopib oldi.
Xotini:
Kimning iti edi u qurmag'ur?
Qozi:
Bir axmoq kishining iti edi.
Xotini:
U kishi sizning kimligingizni bilmadimi?
Qozi:
Yo'q. Hattoki iti ham mening kimligimni bilmadi. |