Afandining iti
Afandining iti ko'chada qozini qopib oldi. Qozi Afandini chaqritirib kelib, do'q urdi:
--Mening kimligimni bilasanmi, ablah! Itingni nega bo'sh qo'yasan!
--Men-ku kimligingizni bilaman, --dedi Afandi-- Bu savolingizni itimga bersangiz o'rinli bo'lar edi.