Dodlashib turdim
Afandi o'quvchi edi. Bir kuni maktabga kelmay qoldi. Ertasiga o'qituvchi undan so'ray boshladi:
--Kecha maktabga nega kelmading?
--Ish chiqib qoldi.
--Qanday ish?
--Akam tish oldirishga borgan edi, birga bordim.
--Tish oldiradigan akang ekan, sen nega bording?
--Akam bilan dodlashib turdim, -- javob berdi Afandi.