Studentning e'tirozi
Afandi student taqsimot kommissiyasining raisiga dedi:
--Domla, men uzoq joyga borolmayman.
--Nega borolmaysiz? -- so'radi rais.
--Chunki o'zingiz imtihon vaqtida: "Bu ilming bilan uzoqqa borolmaysan" degansiz, - dedi Afandi.