Muhammad Ali.

 

Toshkentlik Shahrizoda.

 

 

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonda Toshkent degan shaharda bir go'zal qiz bor ekan. Qizning oti Shahrizoda ekan. Shahrizoda o'n besh yoshga kiribdi.

Shahrizoda bilimli ekan. Uning sochlari uzun, ko'zlari qora, yuzlari oydek ekan. Shahrizodaga sovhcilar kela boshlabdi. Sovchilar Farg'onadan, Samarqanddan, Xorazmdan kelishibdi.

Shahrizoda: "Men boy, mard va kelishgan yigitga erga tegaman." -- debdi. Kuyovlarning biri boy ekan, boshqasi mard ekan-u, boy emas ekan. Uchinchisi boy ekan-u, kelishgan emas ekan. Qiz hech bir kuyovga rozi bo'lmabdi.

Kuyovlar ichida bir yigit bor ekan. U kelishgan, mard ekan, lekin hech narsasi yo'q ekan. Shahrizoda o'sha yigitni tanlabdi.

--Shahrizoda, sen boy, mard, kelishgan yigitga erga tegmoqchi eding, -- debdi onasi, -- nega hech vaqosi yo'q yigitni tanlading?

--U yigit mard va kelishgan ekan. Boyligi esa o¹zim bo'laman! -- javob beribdi Shahrizoda.

--Balli, qizim! Yigitning eng katta boyligi uning aqlli, go'zal yoridir! -- qoyil oqlibdi onasi.

 

 

Sietl, AQSH, 1993 yil.