Afandi va qassob
Afandi qassobdan til olayotgan edi, qo'shnisi taajjublanib so'radi:
--Mulla Nasriddin, qachon qarasam go'sht o'rniga til olasiz, buning sababi nima?
--Go'sht olsam qassob yarmiga suyak qo'shib beradi. Til suyaksiz bo'lgani uchun unga hech narsa qo'sholmaydi, - deb javob berdi Afandi.