Sovuq osh

 

Afandi Buxoroga o'qishga borib ilmli bo'lib qaytdi. Otasi uni arabchadan sinamoqchi bo'ldi.

--O'g'lim, arablar sovuq oshni nima deydi?

--Arablar sovuq oshni ko'rsalar, "sovuq osh ekan" deb o'tirmaydilar, indamay yeya beradilar, shuning uchun sovuq oshga ot qo'yishmagan, - javob berdi Afandi.